insurez
22-07-2025 17:21

XORIJIY ALOQALAR NATIJASINI KO‘RSATMOQDA


Pastdarg‘om tumani tadbirkorlik faoliyati uchun har tomonlama qulay hududda joylashgani bois, kun sayin mahalliy ishbilarmonlar qatorida xorijiy investorlarning soni ham ortib bormoqda.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov, tegishli o‘rinbosar, Turkiyaning SAVASHLAR kompaniyasining asoschilaridan biri janob Ertugrul Savash  ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda xorijiy investor o‘z loyihalarini namoyish etdi.

Uchrashuv davomida, Kimyogarlar qo‘rg‘onida joylashgan faoliyati to‘xtab qolgan "Panelsav" xorijiy korxonasi faoliyatini tiklash masalalari muhokama qilinib, mazkur korxonaga tegishli 0,7 gektar yer maydonida “Sendvich panellar ishlab chiqarish” zavodini zamonaviy uskunalar bilan to‘liq qayta jihozlash masalasi ilgari surildi.

Shu bilan birga, ushbu korxona negizida kelgusida sanoatda foydalaniladigan sovutgich va muzlatgichlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni ham amalga oshirishga kelishib olindi.

Maʼlumot uchun kompaniya zavodlarining yillik aylanmasi 10 million yevro bo‘lib, unda TeknoSav hamda Fritsav brendlari ostida ishlab chiqariladigan sanoat muzlatgichlari Yevropa, Afrika va O‘rta Osiyo mamlakatlariga eksport qilinadi.

Shuningdek, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 30 foizi eksportga yo‘naltirilib, shundan 15 foizi O‘rta Osiyo davlatlariga eksport qilinadi.

Teglar
- -