insurez
14-11-2025 18:11

XORIJDAGI YOSHLAR BILAN ONLAYN SUHBAT


Tuman hokimi Sh.Rahmonov masʼullar ishtirokida onlayn chat orqali, pastdarg‘omlik yoshlar bilan navbatdagi video suhbatni o‘tkazdi. 

Onlayn suhbatda 60 ga yaqin pastdarg‘omlik xorijda ishlayotgan va taʼlim olayotgan migrant yoshlar ishtirok etishdi.

Tuman hokimi har bir ishtirokchidan avvalo, ularning yashash sharoiti, qanday mehnat turi bilan shug‘ullanayotgani, muammolari haqida qiziqdi.

Muloqot chog‘ida qiyinchiliklarga duch kelayotgan yoki ish topolmayotgan fuqarolarimizning uyga qaytishiga ko‘maklash va ish o‘rinlariga joylashtirish, shu kabi ularni qo‘llab-quvvatlash masalasi ilgari surildi.

Video suhbat davomida fuqarolarimiz tomonidan kredit, dehqonchilik uchun yer, IIB bilan bog‘liq masalalar kelib tushdi hamda bildirilgan taklif va murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosi yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berildi.

Teglar
- -