XONCHORBOG‘ MFYDA FUQAROLAR VA YOSHLAR UCHUN SAYYOR QABUL
Pastdarg‘om tumanida aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash maqsadida muntazam ravishda mahallalar bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Bu galgi sayyor qabul Xonchorbog‘ mahallasi fuqarolari va yosh avlod vakillari uchun bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov Xalq qabulxonasi tuman bo‘limi boshlig‘i, Go‘zalkent hududi bo‘yicha tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, korxona-tashkilotlar rahbarlari, mahalla masʼullari, nuroniylar, xalq faollari va ko‘chaboshilar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, ko‘chatlar o‘tqazish, aholi tomorqasidan unumli foydalanish kabi bir qator muhim masalalar ilgari surildi.
Shuningdek, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish, jinoyatchilikni oldini olish, mahalla hududida xavfsiz muhitni shakllantirish, ijtimoiy muhtoj oilalar bilan ishlash va tadbirkorlikka yo‘naltirish, soliq va kommunal to‘lovlar hamda ichki suv tarmoqlarini qazish, betonlashtirish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida kelishib olindi.
Fuqarolar va yoshlar tomonidan qilingan gaz ballon, shag‘allashtirish, tadbirkorlik uchun kredit olish va dehqonchilik uchun yer kabi 30 ga yaqin murojaatlarga ham alohida eʼtibor qaratilib, tegishli masʼullarga yo‘naltirildi.
Uchrashuv so‘ngida tuman hokimi umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Mudofaa Vaziri Kubogi uchun "Vatanparvarlar harbiy sport musobaqasi" ning tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 7-umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchilarini alohida eʼirof etdi.