insurez
27-07-2025 17:40

XITOYNING ENG YIRIK SANOAT ZONASI VAKILLARI PASTDARG‘OMDA


Xitoy va jahon iqtisodiyotida muhim o‘rin tutgan Pudun tumanining yalpi ichki mahsuloti yiliga 230 milliard AQSH dollarga teng bo‘lib, ushbu hudud Shanxay iqtisodiyotining taxminan 30% ni tashkil etadi.

Joriy yil avvalida, Pastdarg‘om tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya Shanxay shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lib, Pudun tumanining Erkin savdo zonasidagi kompaniyalar faoliyati bilan tanishgani va hamkorlik muzokaralarini olib borgani xususida xabar qilgan edik.

Shunga ko‘ra, Xitoyda yetakchilardan bo‘lgan Shanxaydagi Pudun erkin savdo zonasi bosh direktorining o‘rinbosari Chjao Yuygan boshchiligidagi delegatsiya Pastdarg‘om tumaniga tashrif buyurib, “Indra bonded E-sommerse servises” xorijiy korxonasiga tegishli “Erkin bojxona ombori”, “Aziya Metall Prof” qo‘shma korxonasi va “Logis Automotive and Engineering” xorijiy kompaniyalari faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif so‘ngida esa, tuman hokimi Sh.Rahmonov delegatsiya aʼzolarini tuman hokimligida qabul qilib, o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash, “Indra Group limited” kompaniyasi bilan hamkorlikda boshlangan ishlar hamda boshqa istiqbolli loyihalar borasidagi kelgusi rejalar yuzasidan muzokara o‘tkazdi.

Teglar
- -