XAVFSIZ HUDUD, XAVFSIZ MAHALLA MEZONI ASOSIDA
Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, "Xavfsiz hudud, Xavfsiz mahalla" mezoni asosida tuman hududida jamoat xavfsizligini yana-da mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborilgan.
Bunda, har bir mahallaning asosiy kirish va chiqish yo‘llari, tadbirkorlik subyektlari hamda aholi gavjum joylarga zamonaviy videokuzatuv moslamalari o‘rnatilmoqda.
Jumladan, Turkman mahallasida ham bu borada sezilarli ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Xususan, fuqarolar uchun xavfsiz muhitni shakllantirish maqsadida mahalladagi ijtimoiy soha obyektlarida, aholi xonadonlarida, savdo markazlarida hamda asosiy va ichki ko‘chalarga o‘rnatilgan 100 dan ortiq mazkur onlayn kameralar jinoyatchilikni oldini olish va barvaqt aniqlash uchun samarali xizmat qiladi.
Bu kabi ishlar o‘z navbati bilan boshqa mahallalarda ham olib borilishi belgilangan bo‘lib, qo‘shimcha kameralar o‘rnatish talab etiladigan hududlarga kuzatuv kameralari o‘rnatish ishlari davom etmoqda.