insurez
28-05-2024 16:08

Xalqning turmushini farovon, yashayotgan hududini obod qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar


Xalqning turmushini farovon, yashayotgan hududini obod qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar joylarda o‘zining ijobiy samarasini bermoqda va odamlarning qalbida shukronalik, mamnunlik tuyg‘ularini shakllantirmoqda.

Pastdarg‘om tumanining “Go‘zalkent” mahallasida “obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla” mezonlari asosida olib borilayotgan qurilish, bunyodkorlik ishlari natijasida mahalla hududning eng ko‘rkam go‘shalaridan biriga aylanmoqda.

Viloyat 3-sektor rahbari, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Rahmat Mamatov bu yerda amalga oshirilayotgan obodonchilik ishlari bilan tanishdi. 

Shuningdek, mahalladagi bolalar bog‘chasida olib borilayotgan qurilish, ta’mirlash jarayonlari ham viloyat 3-sektor rahbari e’tiborida bo‘ldi. 

Hududni ko‘kalamzorlashtirish, hovlilarni tartibga keltirish borasida ham o‘z tavsiyalarini berdi.

Teglar
- -