insurez
08-02-2025 12:56

VAZIR UMAROVA PASTDARG‘OMDA BO‘LDI


Sharq hikmatlarida "Agar inson ilm nuri bilan o‘z yo‘lini yoritmasa, zulmat va nodonlik ko‘chasida qoladi" deya bejiz taʼkidlanmagan. Kishi qalbining nuri ilm va maʼrifat bilan baquvvat bo‘ladi.

Bugungi kunda ta‘limga berilayotgan e‘tibor har qachongidan ham o‘zgacha.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova tumanimizga tashrif buyurib, tuman hokimi viloyat masʼullari va tuman sektor rahbarlari hamrohligida 120-umumtaʼlim maktabida bo‘ldi.

Dastlab, o‘qituvchi va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

 Shu kabi, ushbu maktabda taʼlim olib kelayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning kelgusi rejalari bilan qiziqdi.

Uchrashuv so‘ngida barcha o‘quvchilarga badiiy asarlar taqdim qilindi.

Teglar
- -