insurez
10-05-2025 12:21

USTOZ-SHOGIRD AN'ANALARI DAVOM ETADI


Tuman Madaniyat bo'limida “Sayqal” ashula va raqs ansambli tashkil etilganining 50 yilligi, "Darg‘om taronasi" maqomchilar ansamblining 40 yilligi, "Darg‘om g‘unchalari" bolalar ashula va raqs ansamblining 20 yilligi hamda ularning badiiy rahbari Uyg‘un Bo‘tayev faoliyatiga 50 yil to‘lishi munosabati bilan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

"Ustoz-shogird anʼanalari davom etadi" deb nomlangan tadbirda tuman hokimligi va tegishli mas'ullar, soha xodimlari hamda sanʼat ixlosmandlari ishtirok etishdi.

Dastlab tuman hokimi Sh.Rahmonov so'zga chiqib, Uyg‘un Bo‘tayevning sanʼat sohasiga qo'shgan beqiyos hissasi xususida to'xtaldi va uning xizmatlarini alohida eʼtirof etdi.

Shuningdek, ustozga ehtirom ramzi sifatida to‘n kiydirilib, sovg'alar topshirildi.

Ustoz san'atkor tomonidan kuy bastalangan ashula va raqslar davraga o'zgacha shukuh baxsh etdi.

Teglar
- -