UDDABURON PILLAKORLAR HOSIL YIG‘ISHNI BOSHLADI
Tumanimizda joriy yilgi ipak qurti parvarishlashning birinchi mavsumi ham oxirlab qoldi.
Pastdarg‘omlik pillakorlar bu yil dastlabki mavsumda 5918 quti ipak qurti parvarishlab, 355 tonnalik pilla xirmoni tiklashni maqsad qilishgan.
Ayni paytda, eng olg‘ir pillakorlar tomonidan pilla terish jarayoni boshlab yuborilgan.
"Elbek TRJ" MCHJga qarashli pillani qayta ishlash korxonasida viloyatda birinchilar qatorida pilla qabul qilish jarayoni boshlandi.
Biz barcha pillakorlarimizning mehnatlari samarali, sermahsul bo‘lishini tilab qolamiz!