insurez
11-02-2026 18:23

UCHTEPALIK DILSHODA OPANING MAQSADLARI KATTA


Pastdarg‘om tumanida xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, yurtboshimizning PQ-376-sonli qarori asosida Uchtepa MFYda yashovchi Dilshoda Narziyeva tomonidan tikuvchilik sexi tashkil etilgan bo‘lib, ayni kunlarda bu yerda ishlar qizg‘in davom etmoqda.

Hozircha, 12 nafar xotin-qizlarning bandligi taʼminlangan sexda ko‘rpa, ko‘rpacha va yostiq ishlab chiqarilmoqda.

Dilshoda opa ham kelgusi marralarni katta olgan bo‘lib, faoliyatini yana-da kengaytirish, ish o‘rinlar sonini oshirish va qo‘shimcha mahsulotlar ishlab chiqarishni maqsad qilgan.

Muxtasar aytganda, yaratilayotgan imkoniyat va berilayotgan eʼtibor natijasida, tumanimizning olis hududida yashovchi oddiy ayol nafaqat o‘zining balki, boshqa mahalladoshlarining ham bandligini taʼminlab kelmoqda.

Teglar
- -