UCHTEPA MFYDA "DOLZARB OYLIK" O‘TKAZILISHI BELGILANDI
Pastdarg‘om tumanida aholi turmush tarzini yana-da yaxshilash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash maqsadida muntazam ravishda mahallalar bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Bu galgi sayyor qabul Uchtepa mahallasi fuqarolari va yosh avlod vakillari uchun bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman prokurori, korxona-tashkilotlar rahbarlari, mahalla masʼullari, nuroniylar, xalq faollari va ko‘chaboshilar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, ko‘chatlar o‘tqazish, aholi tomorqasidan unumli foydalanish kabi bir qator muhim masalalar ilgari surildi.
Shuningdek, PQ 1-sonli qaror ijrosini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish, tungi chiqroqlar o‘rnatish, kameralashtirish, "to‘siqsiz yo‘laklar" barpo etish, mahalla hududida xavfsiz muhitni shakllantirish, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish, oliy taʼlimga qamrovni oshirish, ijtimoiy muhtoj oilalar bilan ishlash, ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish, soliq va kommunal to‘lovlar, hududlarda hasharlar tashkil qilish, ko‘chalar, qabristonlarni obod qilish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida kelishib olindi.
Shu kabi, yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan "Dolzarb oylik" eʼlon qilinib, bir oydan so‘ng bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tahliliy muhokama o‘tkazilishi belgilandi.
Fuqarolar va yoshlar tomonidan qilingan elektr, maishiy gaz ballonlari, tibbiyot, yer olish kabi 20 ga yaqin murojaatlarga ham alohida eʼtibor qaratilib, tegishli masʼullarga yo‘naltirildi.