insurez
17-02-2025 13:11

"UCH AVLOD UCHRASHUVI" DOIRASIDA FAXRIYLAR UCHUN BAYRAM TADBIRI


Pastdarg'om tuman Madaniyat uyida O'zbekiston "Veteran" jangchi faxriy va nogironlar birlashmasining 31 yilligi, Afg'onistonda xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi harbiy harakatlarning tugatilganligi hamda harbiy qismlarni olib chiqarilganligining 36 yilligi munosabati bilan turkum ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda yurtimiz tinchligi va totuvligi, inson qadri, har bir inson davlat e'tibori va g'amxo'rligida ekanligini xususida so‘z yuritildi.

Samarqand viloyat musiqa ansambli ijodkorlari va tumanimizning xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qo'shiqlar barchaga xushkayfiyat ulashdi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida mahallalarda faoliyat yuritayotgan keksalar maslahat guruhi rahbarlari, yosh va o‘rta yosh avlod vakillari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda aholi o‘rtasida mehr-oqibat va shukronalik hissini tarbiyalashda nuroniy otaxon va onaxonlarning vazifalari to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Shu kabi, yoshlarga yurtimizda yaratilgan keng imkoniyatlardan oqilona foydalanib, o‘qib-izlanish, o‘z qiziqish va salohiyatidan kelib chiqqan holda kasb tanlash lozimligi xususida tavsiyalar berildi.

Tadbir so‘nggida keksa avlod vakillari o‘z hayotiy tajribasiga asosan yoshlarga bir qator tavsiya va tushunchalar berdi.

Teglar
- -