"TURON YOʻLBARSLARI" HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING SAMARQAND VILOYATI BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Samarqand viloyatida joylashgan Agentlik tizimidagi maktablarning “Vatan tayanchi” otryad aʼzolari oʻrtasida o‘tkazilgan “Turon yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi.
Musobaqada 19 ta jamoa 9 ta shart bo‘yicha bellashdilar.
Natijalarga ko‘ra, Pastdarg‘om tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining “Ko‘k bo‘ri” jamoasi 2-o‘rinni, tumanimizdagi ixtisoslashtirilgan maktabining “Pastdarg‘om yo‘lbarslari” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tumandoshlarimizni yuqori natija bilan tabriklab, kelgusi bellashuvlarda bundanda yuksak marralarni zabt etishini tilab qolamiz.




