“TURON” JAMOASIDAN NAVBATDAGI G‘ALABA
Sportning futbol turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan 2025-yil Samarqand viloyati "Ikkinchi liga" birinchiligi o‘yinlari doirasida, tumanimizning “Turon” jamoasi navbatdagi raqibi bo‘lgan Samarqand shahrining “Sam.FA-2009” jamoasiga qarshi maydonga tushib, g‘oliblik uchun to‘p surdi.
Natijalarga ko‘ra, tumanimiz jamoasi o‘z raqiblari ustidan 8:1 hisobda g‘alaba qozondi.
Biz tumandoshlarimizni navbatdagi g‘alaba bilan samimiy tabriklab, kelgusi bellashuvlarda omad tilaymiz!