insurez
27-11-2025 15:54

TUMANIMIZ "YASHIL MAKON"GA AYLANISHI UCHUN BARCHA HISSA QO‘SHMOQDA


“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan ishlar qizg‘in davom etmoqda.

Bu kabi ezgu ishlarga korxona-tashkilotlar masʼullari, mahalla xodimlari, faollar va aholi vakillari birdek hissa qo‘shib borayotir.

Xususan, tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari ham jarayonga befarq bo‘lmasdan, Zormon mahallasidagi belgilangan joyga 1000 tupdan ortiq manzarali daraxt ekib, yashillikka o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Hurmatli tumandoshlar, o‘zingiz yashab turgan mahalla, qishloq, ko‘cha hamda xonadonni chinakamiga yashil hududga aylantirish ishlariga befarq bo‘lmang!

Teglar
- -