TUMANIMIZ POLVONLARI RESPUBLIKA CHEMPIONATIGA YO'L OLDI
Samarqand shahrida sportning sambo turi boʻyicha 2005-2007- va 2009-2011-yillarda tugʻilgan yoshlar hamda oʻsmirlar oʻrtasida viloyat chempionati musobaqasi bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada Pastdarg'om tumani sportchilari ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etishdi.
Jumladan, 1-son sport maktabi o'quvchisi Elbek Qarshiyev 88 kilogramm, Abduvohid Bobomurodov 79 kilogramm vazn toifasida 1-oʻrinni qo'lga kiritishdi.
Ushbu natija bilan ular 13-16-fevral kunlari Xorazm viloyatida boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etish uchun yoʻllanmaga ega bo'lishdi.