insurez
28-05-2025 18:01

TUMANDAGI TASHKILOTLAR O‘RTASIDAGI BELLASHUVLAR DAVOM ETMOQDA


Xabaringiz bor, Pastdarg‘om tuman hokimining tashabbusi bilan tumandagi tashkilot va korxonalar o‘rtasida turli sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Bunda, har bir tashkilotdan har bir sport turi yoki bellashuv uchun bittadan jamoa tuzilib, o‘z bilim, ko‘nikmalarini hamda jismoniy salohiyatini sinovdan o‘tkazyapti.

Ayni kunlarda esa, tashkilotlar o‘rtasida jamoalar shakllantirilib, sportning mini futbol turi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Bu kabi musobaqalar boshqa sport turlari bo‘yicha ham o‘tkazib boriladi.

Teglar
- -