TUMANDAGI TASHKILOTLAR FUTBOL BO‘YICHA O‘ZARO BELLASHDI
Pastdarg‘om tuman hokimining tashabbusi bilan tumandagi tashkilot va korxonalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan sport musobaqalari va turli bellashuvlar davom etmoqda.
Navbatdagi musobaqalarda ham tashkilotlar o‘rtasida jamoalar shakllantirilib, sportning futbol turi bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.
Natijalarga ko‘ra,
1-o‘rinni tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi
2-o‘rinni tuman Prokuraturasi
3-o‘rinni tuman Fermerlar kengashi qo‘lga kiritdi.
Bu kabi musobaqalar boshqa sport turlari bo‘yicha ham o‘tkazib boriladi.