TUMAN SUDLARI ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL
O‘zbekiston Respublikasi Prezident maslahatchisining 2025-yil 2-martdagi 14-319-sonli xatining ijrosini taʼminlash yuzasidan Pastdarg‘om tuman Prezident Xalq qabulxonasida tuman sudlari tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabulda tumanda istiqomat qiluvchi fuqarolarni muammoli masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, shuningdek murojaat qilgan fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirildi.
Shuningdek, Pastdarg‘om tuman IIB Probatsiya guruhida hisobda turgan 10 nafar mahkum tayinlangan axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.