TO‘Y VA MAROSIMLAR - FAROVONLIK BELGISI, ISROFGARCHILIK EMAS!
Tuman hokimi o‘rinbosari, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat va tuman masʼullari, tegishli mutasaddilar, MFY raislari, imom xatiblar, nuroniylar, otinoyilar, jamoatchilik vakillari ishtirokida, "To‘ylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarning o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yana-da takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Uchrashuvda, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 16 sentyabrdagi “Umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil bo‘ladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va ularning atrof-muhitga salbiy taʼsirini kamaytirish hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 589-son qarori ijrosi hamda to‘ylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni o‘tkazilishini tartibga solish xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, tegishli tashkilotlar hamkorligida jamiyatda maromiylik kayfiyatini shakllantirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish, to‘y-hashamlar va boshqa marosimlarni ixchamlashtirish, isrofgarchiliklarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.




