insurez
27-05-2025 17:46

TO‘QBOY MFYDA AHOLI VA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV


Maʼlumki, Pastdarg‘om tumanida aholi turmush tarzini yanada yaxshilash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash maqsadida muntazam ravishda mahallalar bo‘ylab sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

To‘qboy mahallasi fuqarolari va yoshlari uchun bo‘lib o‘tgan navbatdagi sayyor qabulda tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman prokurori, tuman IIB boshlig‘i, korxona-tashkilotlar rahbarlari, mahalla masʼullari, nuroniylar, xalq faollari va ko‘chaboshilar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda mazkur mahalla "qizil hudud"ga kiritilgani bois faollar va nuroniylar ham jinoyatchilikni oldini olish borasida tegishli tashkilotlar bilan faol hamkorlikda ish olib borishi lozimligi taʼkidlanib, ushbu xususida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan aniq vazifalar hamda chora-tadbirlar belgilandi.

Shu kabi, uchrashuv davomida ushbu mahallada joriy yilda sodir etilgan jinoyatlar muhokamasi ham o‘tkazilib, PQ 1-sonli qaror ijrosini taʼminlash, jinoyatchilikni oldini olish, mahalla hududida xavfsiz muhitni shakllantirish, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish, oliy taʼlimga qamrovni oshirish, ijtimoiy muhtoj oilalar bilan ishlash va tadbirkorlikka yo‘naltirish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, gulzorlashtirish hamda hasharlar tashkil qilish, ko‘chalar va qabristonlarni obod qilish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida kelishib olindi.

Fuqarolar va yoshlar tomonidan qilingan dastur asosida bolalar bog‘chasini taʼmirlash, maishiy gaz balloni, elektr energiyasi kabi 20 ga yaqin murojaatlarga ham alohida eʼtibor qaratilib, tegishli masʼullarga yo‘naltirildi.

Teglar
- -