insurez
25-11-2025 20:46

TOPSHIRIQ VA IJRO


Pastdarg‘om tumanida barcha qabriston va ziyoratgohlarni, ularga olib boruvchi asosiy ko‘chalarni hamda aholi gavjum bo‘ladigan maskanlarni obod, so‘lim go‘shaga aylantirish, "Yashil makon" dasturi asosida ko‘chatlar o‘tqazish bo‘yicha "Dolzarb 10 kunlik" eʼlon qilingan.

Ushbu xususida, tuman hokimi Sh.Rahmonov boshchiligida, faollar va mutasaddilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda eʼlon qilinib, bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan vazifalar belgilangan edi.

Ayni kunlarda bu borada keng qamrovli ishlar boshlab yuborilgan bo‘lib ayniqsa, Turon MFYdagi “Do‘stlik”, Chimboy MFYdagi “Chimboy”, Novchandir MFYdagi “Inaka” va Parchaqora MFYdagi "Oq uylar" va boshqa qabristonlarda ishlar qizg‘in tus olgan.

Albatta, ota-bobolarimiz mangu qo‘nim topgan dargohlarni, qabriston va ziyoratgohlarni obod qilish biz tiriklarning muqaddas burchi sanaladi.

Teglar
- -