insurez
10-02-2025 13:04

TOPSHIRIQ VA IJRO


Ma'lumki, hozirda barcha hududlar qatori Pastdarg‘om tumanida ham 2025-yil mavsumida yer maydonlariga chigit qadash uchun siyalkalar ta'mirlanib shay holatga keltirilmoqda.

Bir muddat avval, tuman hokimi sektor rahbarlari va viloyat masʼullari hamrohligida texnikalar shaylik holatini ko‘zdan kechirib, tegishli qaror ijrosini taʼminlash maqsadida mashina terimiga ajratilgan dalalarning qatorlar orasini ustun darajada 76 sm kenglikda tayyorlashga moslashtirish va barcha texnikalarni chigit ekish jarayoniga shay holatga keltirish borasida qo'shimcha tavsiya, ko‘rsatmalar bergani xususida xabar qilgan edik.

Shuningdek, mazkur ishlarni o'z vaqtida sifatli bajarish bo‘yicha topshiriqlar berilib, bu borada muddatlar belgilangan edi.

Ayni kunlarda maxsus maydonlarda jamlangan yerga chigit qadash uchun zarur texnikalarning jumladan, siyalkalarning barchasi shay holatga keltirildi.

Ma'lumot o'rnida, hozirda 188 dona siyalkalar chigit ekish jarayoniga tayyorlangan. Ushbu seyalkalarning 34 tasi zamonaviy, pnevmatik seyalkalar bo‘lib, joriy mavsum uchun qo'shimcha yana 14 ta zamonaviy siyalkalar olib kelinmoqda.

Teglar
- -