insurez
16-05-2025 12:51

#Topshiriq_va_ijro


Bir muddat avval tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman prokurori, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamrohligida Charxin hududi bo‘ylab aholi kayfiyati, yashash sharoitlari va olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bo‘yicha o‘rganish olib borgani xususida xabar qilgan edik.

O‘rganishlar davomida, PQ 1-sonli qaror ijrosi, xavfsiz muhitni shakllantirish, piyodalar yo‘lakchalari barpo etish, tungi chiroqlar o‘rnatish, kameralashtirish, harakat xavfsizligini taʼminlash, asosiy va ichki ko‘chalarni, binolar fasad qismi hamda atrofini tartibga keltirish, noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilgan edi.

Berilgan topshiriqlar ijrosi o‘laroq, hozirda Mirzo Ulug‘bek nomli mahallada bir qator bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan.

Jumladan ayni paytda mahalla hududidagi asosiy ko‘chalardan birida aholi birdamligi va hashar yo‘li orqali «to‘siqsiz yo‘lak» piyodalar yo‘lakchasi barpo etilmoqda.

Mazkur ishlar boshqa mahallalarda ham navbati bilan amalga oshiriladi.

Teglar
- -