insurez
07-01-2026 12:42

TOP-100 dagi yoshlar yetakchilarining ota-onalari eʼtirof etildi


2025-yil 3-choragi yakunlariga ko‘ra mahallalarda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirgan yoshlar yetakchilarining TOP-100 reytingi eʼlon qilindi.

Reytingdan joy olgan samarqandlik yoshlar yetakchilari va ularning ota-onalari eʼtirof etildi.

Tadbirda yetakchilarning ota-onalariga Qahramon Quronboyev va Alisher Saʼdullayev nomidan yo‘llangan tashakkurnomalar topshirildi.

Quvonarlisi, eʼtirof etilganlar orasida Pastdarg‘om tumani Mang‘itobod MFY yoshlar yetakchisi Abduqayumov Islombekning ham borligi barchamiz uchun faxrdir.

Teglar
- -