insurez
07-04-2025 18:36

TOMORQA BO‘YICHA ISHCHI GURUH FAOLIYATI NAZORATDA


Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining "Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 191-sonli qarori qabul qilingan.

Shunga muvofiq, Pastdarg‘om tumanida aholi tomorqasidan unumli foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, ayni kunlarda mazkur ishchi guruh tomonidan mahallalar bo‘ylab o‘rganishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, o‘rganishlar natijalari tuman hokimi Sh.Rahmonov hamda tuman hokimining Go‘zalkent hududi bo‘yicha va iqtisodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari tomonidan tahlil qilinib, o‘rganish natijalari bo‘yicha qoloq joylarda ushbu xususida mahalla masʼullari va tomorqalar egalari bilan uchrashuvlar o‘tkazib borilyapti.

Bu galgi o‘rganishlar Temiryo‘l mahallasida olib borilgan bo‘lib, bugun o‘rganish natijalari bo‘yicha mahalla masʼullari, nuroniylar, xonadonlar egalari hamda faollar ishtirokida muhokama o‘tkazildi.

Bunda, aholi tomorqalari holati tahlili, yerdan unumli foydalanish hamda serdaromad ekinlar ekish masalalari muhokama qilinib, bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -