insurez
12-05-2025 12:23

TIBBIY SOHA XALQ UCHUN YANADA YAQINROQ BO‘LISHI LOZIM


Tuman hokimi Sh.Rahmonov joriy yil 6-mayda yurtboshimiz tomonidan o‘tkazilgan "Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini va ixtisoslashgan muassasalarda xizmatlar sifatini yanada oshirish, dori isteʼmolini tartibga solish hamda tibbiy taʼlimni takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida" o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda birlamchi tizimdagi muammo va kamchiliklar, xususan, OP va OSHPlar holati, xodimlar ish faoliyati, tajribasi va xizmat vazifasiga bo‘lgan mas‘uliyati, tibbiyot muassasalarining dori-darmon bilan taʼminlanish darajasi kabi bir qator muhim masalalar muhokama etildi.

Shuningdek, ushbu sohada joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlil etilib, aniqlangan muammo, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Shu kabi, berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish, tibbiy sohani aholiga yanada yaqinlashtirish, fuqarolar salomatligini saqlashga sovuqqonlik bilan qaramaslik xususida so‘z yuritilib, o‘z xizmat vazifasiga vijdonan yondashmayotgan xodimlar faoliyati yuzasidan haqli e‘tirozlar bildirildi.

Teglar
- -