insurez
26-03-2025 17:42

TIBBIY SOHA DOIMIY DIQQAT MARKAZIDA


Tuman hokimi Sh.Rahmonov va tuman prokurori J.Yo‘ldashev tegishli mutasaddilar hamrohligida tibbiyot sohasining faoliyati, undagi amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda korrupsiya holatlarini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganish olib bordi.

Dastlab, tuman tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlari hamda soha masʼullari bilan uchrashuv o‘tkazildi va korrupsiya holatlarini oldini olish, uning oqibatlari bo‘yicha so‘z yuritilib, ushbu illat "taraqqiyot kushandasi" ekanligi borasida tushunchalar berildi.

Shu kabi joylarda birlamchi tizim xodimlarining masʼuliyatini oshirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, Yagona tibbiyot axborot (DMED) tizimi, aholini sog‘lomlashtirish, ish hujjatlarini to‘g‘ri yuritish, onalar va bolalar o‘limini oldini olish, soha masʼullarining ish faoliyatini tartibga solish xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, "Yashil makon" loyihasi asosida ko‘chatlar o‘tqazish, hududlarni obodonlashtirish va gulzorlashtirish kabi masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi.

So‘ngra, tibbiyot masʼullari hamrohligida Ezgulik, Chortut OSHPlari va Charxin kabi hududiy poliklinikalarda bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat holati, sifati va patronaj, amaliyotchi hamshiralar hamda oilaviy shifokorlar faoliyati bilan tanishildi.

Muhokama va o‘rganishlar davomida, aholiga tibbiy sohani yanada yaqinlashtirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish, mutaxassislar mahorati va bilim darajasini yuksaltirish, fuqarolar salomatligini saqlash hamda ularni sog‘lom hayotga targ‘ib qilishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida kelishib olindi.

Teglar
- -