TEMIRYO‘L ATROFI OBODONLASHTIRILMOQDA
Bir muddat avval viloyat hokimi A.Boboyevning hududlar bo‘ylab o‘tkazgan o‘rganishlarida berilgan topshiriqlarga asosan, ayni paytda tuman hokimi Sh.Rahmonov "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ masʼullari, tegishli o‘rinbosarlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari hamrohligida, Pastdarg‘om tumanidan o‘tuvchi temiryo‘l atrofining bugungi holati bo‘yicha poyezdda o‘rganish olib bormoqda.
Bunda, asosan temiryo‘lning Samarqand shahri chegarasidan Nurobod tumani chegarasigacha bo‘lgan qismiga alohida eʼtibor qaratilib, uning atrofidagi xonadonlar holati, obodonchiligi, ko‘kalamzorligi borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilanmoqda.
Shuningdek, noqonuniy qurilmalarni bartaraf qilish, temiryo‘l atrofini obodonlashtirish, tartibga keltirish yuzasidan tegishli masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilyapti.