Tashqi migratsiyadagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash
🔘 Pastdarg‘om tumani 2-sektorida tashqi migratsiyadagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganish va hal etish, tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarning bandligini ta’minlash borasidagi ishlar ushbu toifadagi fuqarolar bilan manzilli ishlagan holda amalga oshirilmoqda.
Bugun tuman prokurori E.Axmedjonov sektor hududidagi Hovuzak,Turon mahallaridan chet davlatga ishlash uchun ketgan migrantlarning, qarindoshlari va yaqinlari bilan uyma-uy yurib, suhbatlashib, migratsiyada yurgan fuqarolar uyiga qaytgan taqdirda sektor xodimlari tomonidan ularga mutaxassisligi bo‘yicha ish taklif qilinishini hamda ijtimoiy ko‘maklashishda yordam ko‘rsatilishini tushuntirdi.