insurez
28-01-2026 17:54

“Tashabbusli budjet”ning 10-mavsumi boshlanmoqda


Joriy yilning 1-fevralidan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum “Tashabbusli budjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.

Bunda: 

1–20-fevral kunlari loyihalarni kiritish;

21-fevraldan 7-martgacha loyihalarni saralash;

8–10-mart kunlari targ‘ibot bosqichi;

11–20-mart kunlari ovoz berish bosqichi;

21–31-mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating!

Teglar
- -