“Tashabbusli byudjet”ning 10-mavsumi boshlanmoqda
1-fevraldan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum “Tashabbusli byudjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.
Bunda:
▪️ 1–20 fevral kunlari loyihalarni kiritish;
▪️ 21-fevraldan 7-martgacha loyihalarni saralash;
▪️ 8–10 mart kunlari targ‘ibot bosqichi;
▪️ 11–20 mart kunlari ovoz berish bosqichi;
▪️ 21–31-mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun: an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.




