insurez
21-07-2025 17:17

TA'LIM DARGOHLARIGA YANGI MAISHIY JIHOZLAR YETKAZILDI


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan respublika bo‘yicha umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ma’nan eskirgan hamda kompyuter sinflari mavjud bo‘lmagan ta’lim dargohlariga kompyuter jamlanmalari yetkazib berish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Samarqand viloyatidagi ma'nan eskirgan kompyuter texnikalarini yangilash maqsadida 135 ta umumta’lim maktablariga yangi zamonaviy kompyuter jamlanmalari (har bir sinfga  17 ta kompyuter jami 2295 ta ) va 9 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlariga elektron doska va kompyuterlar hamda 723 dona planshet qurilmalari topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, tumanimizdagi 10 ta (14-, 27-, 32-, 47-, 53-, 64-, 76-, 104-, 105-, 113-) maktabga ham zamonaviy kompyuter jamlanmalari yetkazildi.

Ushbu tashabbus orqali o'quvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, zamonaviy IT texnologiyalariga bo'lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish maqsad qilingan.

Teglar
- -