TAʼLIM DARGOHLARI HOLATI VA TAʼLIM SIFATI O‘RGANILDI
Pastdarg‘om tuman hokimi Sh.Rahmonov hamda Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i M.Hamdamov tumanimizdagi maktablar holati, o‘quv jarayonini ko‘zdan kechirdi.
Dastlab, Qozoq Nayman mahallasidagi 56-IDUMda o‘qituvchi va o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.
Shuningdek, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni shunga ko'ra sohalarga to'g'ri yo'naltirish, kitobxonlikka jalb qilish, sport sohasini rivojlantirish masalalari xususida so‘z yuritildi.
O'rganishlar davomida Tozqulton mahallasidagi 105-umumiy o‘rta taʼlim maktabi ham e'tibordan chetda qolmadi.
Mazkur maktabda xalqaro tadqiqotlarga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoni hamda taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shu kabi, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratish, davomat, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini yuksaltirish, milliy hamda xalqaro sertifikatlar olish kabi masalalar xususida tavsiya, ko‘rsatmalar berildi.