TAʼLIM DARGOHIDA
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek "Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli taʼlim olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga erishish, ularning o‘z qobiliyati va isteʼdodini ro‘yobga chiqarish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratib berishdan iborat".
Ushbu fikrlar tasdig‘i o‘laroq, Pastdarg‘om tumanida tashkil etilgan Samarqand Iqtisodiyot va servis institutining filiali hamda Pastdarg‘om tumani xizmat ko‘rsatish texnikumi taʼlim sohasida amalga oshirilgan islohotlarning yaqqol dalilidir.
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman prokurori hamrohligida ushbu taʼlim dargohlarida bo‘ldi.
Bunda o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganib, hududda olib borilgan ishlar bilan tanishdi.
Shu kabi, Samarqand Iqtisodiyot va servis institutining rahbariyati hamda tuman rahbariyati kelishgan holda, hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan masʼullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, qisqa muddatda taʼlim dargohining qiyofasini o‘zgartirish, obodonlashtirish va boshqa masalalar yuzasidan kelishib olindi.