TAKRORIY EKIN QO‘SHIMCHA DAROMAD VA TO‘KINLIK MANBAI
Bugun fuqarolarni yerdan unumli foydalanib, daromadga erishishini taʼminlash birlamchi vazifadir.
Tumanimizda ham aholi daromadini oshirish va ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash maqsadida 17 256 gektar yer maydonlari takroriy ekin ekish uchun ajratilgan.
Pastdarg‘omdagi "Ijtimoiy reyestr"da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarning 3195 nafari g‘alladan bo‘shagan yerlarga takroriy ekinlarni ekish istagini bildirgan bo‘lib, hozirda yerlar taqsimlanmoqda.
Ko‘pgina ilg‘or fuqarolar esa, ajratilgan yerlarni shudgorlab, ekin ekib, zarur agrotexnik tadbirlarni olib boryapti.
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, tegishli masʼullar va mahallalardagi hokim yordamchilari ishtirok etgan, "Raxim Nazira paxta dalasi" fermer xo‘jaligi dalasida tashkil etilgan seminarda har qarich yer maydonidan unumli foydalanish lozimligi xususida so‘z bordi.
Shuningdek, takroriy ekin uchun yer ajratishda fuqarolarning tadbirkorlik salohiyatiga, daromad olishga intilishiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi, shu kabi “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyiliga amal qilish shartligi taʼkidlandi.