insurez
14-01-2026 12:58

TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB QUVVATLASH - DAVLAT XIZMATCHISINING MASʼULIYATI


Tumanimizning Kamolot mahallasida "Saturn kitchen" MCHJ tomonidan yiliga 3,2 milliard so‘mlik 1000 donadan ortiq xizmat ko‘rsatishda foydalaniladigan pechlar ishlab chiqarilayotgan bo‘lib, ushbu mahsulotlar viloyatimiz bo‘ylab yetkazib berilmoqda.

Shuningdek, ushbu mahallada "Sargon oil" MCHJ tomonidan har yili 6,3 milliard so‘mlik 740 mator yog‘i ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona faoliyat boshlagan va loyiha doirasida 30 nafardan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Tuman hokimi Sh.Rahmonov har ikkala korxonada bo‘lib, ulardagi ish jarayoni, mahsulotlar sifati, ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish barobarida, tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rgandi.

Bundan tashqari, o‘rganishlar davomida "Raha antazam" MCHJning qiymati 1,5 milliard so‘mlik issiqxona va sovitkichli omborxona tashkil etish loyihasi doirasida davom etayotgan qurilish ishlari bilan tanishib, bunyodkorlik ishlarini risoladagidek amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Teglar
- -