insurez
27-02-2025 11:29

TADBIRKORLAR UCHUN NAVBATDAGI QABUL


Tumanimizda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida muntazam ravishda tadbirkorlar uchun qabullar o‘tkazib boriladi.

Davlat xizmatlari markazida sektor rahbarlari va tuman hokimining o‘rinbosarlari ishtirok etgan qabulda 20 ga yaqin tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar hamda tashabbusli takliflar bilan ishtirok etdi.

Qabul davomida tadbirkorlar tomonidan kredit, yer, kadastr, elektr energiyasi hamda faoliyatini kengaytirish uchun amaliy yordam kabi turli murojaatlar kelib tushdi.

Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Teglar
- -