insurez
15-01-2026 13:52

TADBIRKORLAR UCHUN NAVBATDAGI QABUL O'TKAZILDI


Tuman hokimi Sh.Rahmonov o‘rinbosari va tegishli masʼullar hamrohligida tuman hokimligi binosida tadbirkorlar muammolarini o‘rganish va ularni joyida hal qilish uchun tadbirkorlar qabuli o‘tkazdi.
Qabulda elektr energiyasi, auksion, kredit, kadastr kabi masalalar ilgari surildi.

Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.

Sizni qiynayotgan muammo va takliflar yuzasidan keyingi tadbirkorlar qabulida ishtirok etish uchun, Pastdarg‘om tuman Savdo-sanoat palatasiga murojaat yo‘llashingiz mumkin.

Hurmatli tadbirkorlar o'z muammo va takliflaringiz yuzasidan navbatdagi tadbirkorlar qabullariga murojaat yo‘llashingiz uchun Savdo-sanoat palatasi Pastdarg‘om tumani bo'limi bilan (+998 91 541 00 41) bog'lanishingiz mumkin.

Teglar
- -