insurez
19-03-2025 16:10

TADBIRKOR - ELGA MADADKOR!


Tumanimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar natijasida ko‘p tarmoqli ishbilarmonlar soni ortib bormoqda.

Jumladan, Kamolot mahallasida joylashgan “Sam Absolute Servis” MCHJ korxonasi negizida sanitar-gigiyenik mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasi tashkil etilgan.

Bugun, Navro‘z shodiyonalari munosabati bilan mazkur loyiha ishga tushirilmoqda.

Ochilish marosimida tuman hokimi, tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar va faol fuqarolar ishtirok etyapti.

O‘z mablag‘lari hisobidan qiymati 6,5 milliard so‘mga amalga oshirilgan, yiliga 4,2 milliard so‘mlik 590,0 ming dona yoki, 500 tonna sanitariya-gigiyenik vositalari ishlab chiqarish quvvatiga ega ushbu loyihaning ishga tushishi natijasida 50 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Teglar
- -