insurez
09-01-2026 12:46

TABIATNI ASRAYLIK!


Tumanimizda "Yashil makon" loyihasi asosida har yili minglab daraxt ko‘chatlari o‘tqaziladi. Butun tumanimizning faollari, jonkuyar fuqarolari daraxt o‘stirib parvarishlash bilan ovvora bo‘lgan bir paytda, ayrim kimsalar unib yetilgan daraxtlarni kesib tashlamoqda.

Pastdarg‘om tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida, Parchaqora MFYda hududida joylashgan fermer xo‘jaligi dalasining chetki qismida bir necha yillar oldin ekilgan 10 tup tol daraxtlari Mang‘itobod MFYda yashovchi fuqaro I.N tomonidan hech bir tegishli ruxsatlarsiz noqonuniy tarzda o‘sishdan to‘xtamas darajada shikast yetkazgan holda kesganligi aniqlandi.

Qonunbuzar tabiatga 22 million so‘mdan ortiq zarar keltirgani sabab unga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq 10 million 300 ming so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarari uchun 12 million 360 ming so‘m undiruv qo‘llanildi.

Teglar
- -