TABIATNI ASRASH BARCHAMIZNING BURCHIMIZ
Pastdarg‘om tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tuman hududida reyd kuzatuvlari olib borilmoqda.
Kuzatuvlar jarayonida Oltiqahramon MFYda yashovchi fuqaro R.F tomonidan o‘z xonadoni atrofida har xil turdagi chiqindi qoldiqlarini belgilanmagan joyda to‘plab, yoqib alanga oldirishi oqibatida O‘zbekiston Respublikasi "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi hamda "Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonunlarning tegishli moddalarida belgilangan talablarni qo‘pol tarzda buzganligi aniqlandi.
Yana bir holatda esa, Parcha Chandir mahallasida yashov fuqaro N.I tomonidan tuman hududidagi manzarali daraxtlar o‘zboshimchalik bil kesib tashlangani maʼlum bo‘ldi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarimalar qo‘llanildi va fuqarolarga bunday holatlar qonunga zid ekanligi bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shu o‘rinda, fuqarolarni atrof-muhitni asrashga, ekologiya hamda tabiatga zarar keltirmaslikka chaqirib qolamiz. Zero, bu ona zamin barchamizniki va uni asrash biz insonlarning burchimiz sanaladi.