insurez
07-07-2025 16:31

TABIATNI ASRASH BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!


Ayni kunlarda havo haroratining odatdagiga ko‘ra nisbatan ko‘tarilgani bois, tumanimizni obod va ko‘rkam holatga keltirish maqsadida ekilgan turli daraxt ko‘chatlari va gulzorlar ko‘proq suvga muhtoj.

Shu sabab, tuman tashkilotlari hamda faollar hamkorligida ularni kecha-yu, kunduz sug‘orish bo‘yicha navbatchilik guruhlari tashkil etilgani xususida xabar qilgan edik.

Ushbu guruhlar asosan tongi va tungi vaqtlarda faol ish olib borayotgan bo‘lib, guzarlar hamda asosiy ko‘chalar chetidagi manzarali o‘simliklarni sug‘orib boryapti.

Aziz tumandoshlar, sizlar ham ishxonangiz yonidagi, xonadoningiz atrofidagi yoki, yashash hududingizdagi daraxt va gullarni sug‘orish ishlariga beminnat hissa qo‘shing.

Zero, bu ona zaminni asrab-avaylash barchamizning insoniy burchimizdir!

Teglar
- -