SUZISH SPORTI - SIZNI SOG‘LOM TURMUSH TARZI SARI BOSHLAYDI
Olimlarning fikricha, suzish tanadagi deyarli barcha mushaklarni ishlatadi va ko‘p miqdordagi kaloriyalarni yo‘qotishga yordam beradi.
Har qanday yoshdagi odamlar shug‘ullansa bo‘ladigan bu mashg‘ulot ortiqcha vaznni yo‘qotishga yordam berish barobarida, yurak-qon tomiri kasalliklarini oldini olishda ham juda foydali sanaladi.
Pastdarg‘om tumanida barcha sport turlari qatori ushbu sport turini ham rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Jumladan, yaqinda Juma shahrida zamonaviy “Olimp” suzish havzasi ishga tushirildi!
Barcha yoshdagi fuqarolar uchun mo‘ljallangan ushbu sport inshooti barcha qulayliklar ega bo‘lib, suzish ko‘nikmalarini rivojlantirishingiz hamda sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishingiz uchun ajoyib imkoniyatdir!
Ushbu sport turi bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan fuqarolarni suzish havzasiga taklif etamiz.
Manzil: Pastdarg‘om tumani, Bo‘ston mahallasi
Murojaat uchun: +998 50 729 06 80