insurez
05-02-2025 12:28

SUV TEJAMKORLIGI BORASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR


2024-2025 yil kuz-qish mavsumi uchun Pastdarg‘om tuman "Suv yetkazib berish" davlat muassasasi tomonidan 57.6 kilometr masofadagi ichki suv tarmoqlarini betonlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar uning 35,1 kilometrga yaqin qismi to‘liq betonlashtirildi.

Hozirda ham, bu borada olib borilayotgan ishlar jadallik bilan davom etmoqda.

Siz ko‘rib turgan suratlarda Charxin kanalida olib borilayotgan ishlar aks etgan.

Hurmatli Pastdarg‘omliklar, barchangizdan suv sarfini kamaytirish va uni tejash maqsadida bajarilayotgan xayrli ishlarga befarq bo‘lmagan holda o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘rab qolamiz.

Teglar
- -