insurez
07-04-2025 18:31

SPORT - SOG‘LIK ELCHISI!


Pastdarg‘om tumanida sport sohasini yanada rivojlantirish va aholi o'rtasida keng tadbiq qilish hamda sog‘lom turmush tarziga yo'naltirish maqsadida muntazam ravishda turli turnir va musobaqalar o'tkazib kelinmoqda.

Jumladan, tumanimizdagi politexnikumlarning o'qituvchilari o'rtasida sportning futbol turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

Hayajonli vaziyatlarga boy, qiziqarli tarzda o'tkazilgan musobaqaning barcha ishtirokchilari o‘zaro murosasiz bellashuv olib borishdi.

Natijalarga ko'ra, 4-son politexnikumi musobaqa g‘olibi deb topildi.

Turnir yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -