insurez
15-03-2025 16:31

SPORT - SOG'LIK ELCHISI


Pastdarg‘om tumanida aholini sportga jalb qilish, iqtidori yoshlarni saralab olish va to'g'ri sport turlariga yo'naltirish borasida muntazam ravishda musobaqa va turnirlar o'tkazib kelinmoqda.

Bu kabi tadbirlar nafaqat aholi va yoshlar o'rtasida balki, tumandagi korxona-tashkilotlar xodimlari ishtirokida ham faol tashkil etilyapti.

Jumladan, ayni kunlarda barcha tashkilotlar xodimlari o'rtasida shaxmat, shashka va stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha o'zaro bellashuvlar o'tkazilmoqda.

Bu kabi musobaqalar muntazam tashkil etib borilishi belgilangan.

Teglar
- -