insurez
16-06-2025 16:06

SOLIQ TO'LOVLARI - TARAQQIYOT KO'MAKCHISI


Mamlakat rivojlanishi va aholi turmush tarzi yanada yaxshilanishida soliq tushumlarining ahamiyati katta. Shu bois, soliq to‘lovchi ham, uni undiruvchi ham ushbu amaliyot bajarilishiga befarq bo‘lmasligi darkor.

Ayni paytda, tuman hokimi Sh.Rahmonov, viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari, tuman hokimi o'rinbosarlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari va hisobchilari hamda tuman Soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirokida soliq to‘lovlari bo'yicha muhokama o'tkazilmoqda.

Shuningdek, muhokamada tumandagi mahallalar masʼullari ham zoom platformasi orqali ishtirok etyapti.

Muhokamada ish faoliyati davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan masʼullar tanqid ostiga olinmoqda.

Bundan tashqari, aholi mol-mulk solig‘ini o‘z vaqtida to‘lash lozimligi haqida mahallalarda faol targ‘ibot ishlari olib borish zarur ekanligi ta’kidlanyapti.

Shu qatorda, aholi murojaatlari bilan ishlash, tuman bo‘ylab obodonlashtirish ishlarini davom ettirish va shu kabi boshqa bir qator muhim vazifalar yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berilmoqda.

Teglar
- -