SOLIQ SOHASIDAGI YANGILIKLAR YUZASIDAN UCHRASHUV
Pastdarg‘om tumani Madaniyat uyida viloyat va tuman Soliq masʼullari, tadbirkorlar hamda fuqarolar ishtirokida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda soliq siyosati sohasidagi yangiliklar, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili, shuningdek Paynet “Xolis” ilovasidan foydalanish tartibi va sohaga oid boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga amaldagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi, tadbirkorlar va fuqarolarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, tadbir ishtirokchilari uchun manfaatli bo‘ldi.




