SOBIQ MAHALLA RAISLARI EʼTIROF ILA KUZATILDI
Tuman hokimi Sh.Rahmonov DXX tuman masʼuli, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda tumandagi 100 ta mahalla raislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uzoq yillar mahalla tizimida samarali faoliyat yuritgan va ayni paytda faoliyat turini o‘zgartirish istagida bo‘lgan sobiq raislarga esa, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida qilgan xizmatlari uchun chuqur minnatdorchilik bildirildi.
Shuningdek, ularning tumanimiz obodligi yo‘lida qo‘shgan hissalari eʼtirof etilib barchasiga to‘n kiydirildi.
O‘z navbatida ehtirom ila kuzatilgan sobiq mahalla raislari yangi saylangan MFY raislari bilan ustoz-shogird anʼanasini davom ettirib, shu mahallalarni obod qilish uchun bundan keyin ham bor tajriba va imkoniyatlarini ishga solgan holda, to‘liq yordam berishlarini maʼlum qilishdi.
Shuningdek, uchrashuvda hokim o‘rinbosarlari yangi tashkil etilgan sektor rahbarlari sifatida tanishtirildi va ularning mahallalari hamda jamoalari tarkibi yuzasidan kelishib olindi.
Kuzatuv marosimining badiiy qismidan so‘ng, "Grand Zamin" bazmgohida bir piyola choy ustida samimiy suhbat qurilib, barchalari hurmat va ehtirom ila isteʼfoga kuzatildi.